Amaliy mashg’ulotni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
Hurmatli tinglovchilar! Ushbu forumda siz 4-mavzuni («Kredit-modul tizimida o’quv jarayonining uslubiy ta’minoti») mustaqil o’zlashtirib olishingiz uchun turli shakldagi savollar taqdim etilgan.
Siz o’zingiz xohlagan bitta savolga javob berishingiz kerak. Bu ishni mobil qurilmasi vositasida ham bajarish mumkin. Savolga javob yozish uchun uning tagida joylashgan “Ответить” yozuvini bosiladi va “Комментарий” maydoniga talab qilingan hajmda javob yoziladi. “Комментарий” maydonining pastidagi “Имя” maydoniga familiyangiz va ismingizni to’liq yozing, keyingi “Email” maydoniga esa elektron pochtangizni bexato yozing. Agar xatolikka yo’l qo’yilsa javob jo’natilmay qolishi mumkin. “Сайт” maydonini bo’sh qoldiring.
Forumni tashqi ta’sirlardan himoyalash uchun o’qituvchining shaxsiy nazorati o’rnatilgan. Sizning javobingiz nazoratdan o’tgandan so’ng saytda paydo bo’ladi, ungacha biroz kutishingiz yoki zarur bo’lsa o’qituvchi bilan telefon orqali bog’lanib javobni saytga chiqarib qo’yishni so’rashingiz mumkin (tel: +99894 6417929).
Saytda ishlashda javobni ilmiy-adabiy stilda, belgilangan hajmda, bexato va to’liq yozish talab etiladi. Aks holda javob qabul qilinmasligi mumkin.