WC lab2

2-laboratoriya ishi. Yog‘ochning anatomik elementlarini aniqlash

Ishning maqsadi: Yog’ochning mikro kesimlarida nina bargli va yaproqli yog’och turlarining anatomik elementlarini o’rganish..
Asbob-uskunalar:

  • «Biolam» mikroskopi;
  • qarag’ay, archa, tilog’och, oq qayin, zarang, tog’terak, olxa, eman va qora qayin daraxtlari yog’ochlarining mikrokesimlari to’plami.

Ishni bajarish tartibi:

1. Dars boshida o’qituvchi magistrantlarni mikroskopning konstruksiyasi bilan tanishtiradi va yog’och mikrokesimlaridan anatomik elementlarni qanday aniqlash kerakligini ko’rsatadi.

2. Nina bargli yog’och turlaridan birining kesimini tanlab oling. Kesimdagi yog’ochining ko’ndalang kesimida erta va kech yetilgan traxeidlarning yillik qatlamlari orasidagi o’tishini kuzating.

Nina bargli yog’och turining mikroskopik tuzilishi:

1 — yillik qatlam; 2 — o’zak nurlari;  3 — smola yo’llari; 4 — erta yetilgan traxeyidlar; 5 — kech yetilgan traxeyidlar; 6 — traxeidlar yon devorlaridagi teshiklar; 7 — nursimon traxeidlar.

3. Yillik qatlamni to’g’ri burchak ostida kesib o’tuvchi o’zak nurlarini toping va ularni izohlang.

4. Smola yo’llarini radial va tangentsial kesimlarda aniqlang va izohlang.

5. Yaproqli halqasimon naychali yog’och turining ko’ndalang kesimida naychalarni, yillik qatlamlar chegarasini, libriform tolalari va o’zak nurlarini aniqlang. Ushbu elementlarning tangensial va radial kesimlarda qanday ko’rinishini izohlang.

Yaproqli halqasimon naychali yog’och turining mikroskopik tuzilishi:

1 — yillik qatlam; 2 — naychalar; 3 — yirik naychalar; 4 — kech yetilgan zonadagi mayda naychalar; 5 – yirik o’zak nurlari; 6 — ingichka o’zak nuri; 7 — libriform tolalari.

6. Yaproqli tarqoq naychali yog’och turining ko’ndalang kesimida naychalarni, yillik qatlamlar chegarasini, libriform tolalari va o’zak nurlarini aniqlang. Ushbu elementlarning tangensial va radial kesimlarda qanday ko’rinishini izohlang.

Yaproqli tarqoq naychali yog’och turining mikroskopik tuzilishi:

1 – libriform tolalari; 2 — yillik qatlam; 3 — o’zak nurlari; 4 – tarqoq naychalar.

7. O’tkazilgan tajriba jarayoni va natijalarini mikroskop ostida rasmga oling. Grafik material sifatida internetga joylang va web-havolani keltiring.

8. Olingan ma’lumotlarni 100-150 so’z hajmida forumga kiriting.

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

1. Nina bargli yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi traxeidlarning ko’rinishini ta’riflang.
2. Nina bargli yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi smola yo’llarining ko’rinishini ta’riflang.
3. Nina bargli yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi o’zak nurlarining ko’rinishini ta’riflang.
4. Yaproqli halqasimon naychali yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi yirik va mayda naychalarning ko’rinishini ta’riflang.
5. Yaproqli halqasimon naychali yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi libriform tolalarining ko’rinishini ta’riflang.
6. Yaproqli halqasimon naychali yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi o’zak nurlarining ko’rinishini ta’riflang.
7. Yaproqli tarqoq naychali yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi yirik va mayda naychalarning ko’rinishini ta’riflang.
8. Yaproqli tarqoq naychali yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi libriform tolalarining ko’rinishini ta’riflang.
9. Yaproqli tarqoq naychali yog’ochning ko’ndalang, radial va tangensial mikrokesimlaridagi o’zak nurlarining ko’rinishini ta’riflang.

Foydalanish tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. Ross R.J. Wood Handbook: Wood as an engineering material. Forest Products Laboratory, USA, 2010. 64-74 p.
  2. Угольев Б.Н. Древесиноведение с основами лесного товароведения. М.: Лесная промышленность, 2005. С.25-44.
  3. Станко Я.Н. Лабораторные работы по материаловедению для сто­ля­ров, плотников и паркетчиков. М.: Высшая школа,1989. С.22-28.

Лабораторная работа №2. Определение анатомических признаков древесины

Цель работы: Изучение анатомических элементов древесины на микросрезах древесины хвойных и лиственных пород.
Приборы и инструменты:

  • микроскоп Biolam.
  • набор микросрезов древесины сосны, ели, лиственницы, березы, клёна, осины, ольхи, дуба и бука.

Порядок выполнения работы:

1. Вначале занятия преподаватель ознакомить магистрантов с конструкцией микроскопа и демонстрирует как определять анатомические элементы древесины из микросрезов.

2. Выберите одного из микросрезов хвойных пород. Изучите переход от ранним к поздним трахеидам.

Микростроение хвойных пород древесины:

1 – годичный слой; 2 – сердцевинные лучи;  3 – смоляные ходы; 4 – ранние трахеиды; 5 — поздние трахеиды; 6 – отверстия на боковых стенках трахеидов; 7 – лучистые трахеиды.

3. Найтиде сердцевинных лучей пересекающих годичных слоев под прямым углом и опишите их.

4. Определите смоляные ходы в радиальных и тангенциальных срезах и опишите их.

5. Определите сосудов, границу годичных слоев, волокон либриформа и сердцевинных лучей в поперечном срезе кольцесосудистых лиственных пород. Опишите их вид в тангенциальном и радиальном срезах.

Микростроение лиственных кольцесосудистых пород древесины:

1 – годичный слой; 2 — сосуды; 3 – крупные сосуды; 4 – мелькие сосуды в поздней зоне; 5 – крупные сердцевинные лучи; 6 – мелькие сердцевинные лучи; 7 – волокна либриформа.

6. Определите сосудов, границу годичных слоев, волокон либриформа и сердцевинных лучей в поперечном срезе рассеяннососудистых лиственных пород. Опишите их вид в тангенциальном и радиальном срезах.

Микростроение лиственных рассеяннососудистых пород древесины:

1 – волокна либриформа; 2 – годичный слой; 3 – сердцевинные лучи; 4 – рассеянные сосуды.

7. Сфотографируйте процесс и результаты выполнения лабораторной работы под микроскопом. Загрузите фото на интернет и приведите веб-ссылку.

8. Введите полученные результаты в веб-форум в объеме 100-150 слов.

Вопросы для самоконтроля

1. Опишите вид трахеидов в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах хвойных пород.
2. Опишите вид смоляных ходов в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах хвойных пород.
3. Опишите вид сердцевинных лучей в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах хвойных пород.
4. Опишите вид крупных и мельких сосудов в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах лиственных кольцесосудистых породах.
5. Опишите вид волокон либриформа в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах лиственных кольцесосудистых породах.
6. Опишите вид сердцевинных лучей в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах лиственных кольцесосудистых породах.
7. Опишите вид крупных и мельких сосудов в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах лиственных рассеяннососудистых породах.
8. Опишите вид волокон либриформа в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах лиственных рассеяннососудистых породах.
9. Опишите вид сердцевинных лучей в поперечном, радиальном и тангенциальном микросрезах лиственных рассеяннососудистых породах.

Список рекомендуемых литератур

  1. Ross R.J. Wood Handbook: Wood as an engineering material. Forest Products Laboratory, USA, 2010. 64-74 p.
  2. Угольев Б.Н. Древесиноведение с основами лесного товароведения. М.: Лесная промышленность, 2005. С.25-44.
  3. Станко Я.Н. Лабораторные работы по материаловедению для сто­ля­ров, плотников и паркетчиков. М.: Высшая школа,1989. С.22-28.

 

Laboratoriya ishini bajarish jarayoni — Процесс выполнения лабораторной работы

Ish natijalari Результаты работ

 

Archa (ko'ndalang kesim)
Archa
(ko’ndalang kesim)

Archa (radial kesim)
Archa
(radial kesim)

Archa
(tangensial kesim)

Tog’terak
(ko’ndalang kesim)

Tog’terak
(radial kesim)

Tog’terak
(tangensial kesim)

Zarang
(ko’ndalang kesim)

Zarang
(radial kesim)

Zarang
(tangensial kesim)

Qarag’ay
(radial kesim)

Qarag’ay
(tangensial kesim)

HisobotlarОтчёты

WC lab2: 4 комментария

  1. Biz 2-labaratoriya ishida mikraskop yordamida archa (ель) yog’ochining ko’ndalang, radial va tangensial kesimlardagi anatomik elementlarini o’rgandik.
    Ko’ndalang kesimda yillik qatlamlarning erta yetilgan qismidan kech yetilgan qismiga keskin o’tilgan. Bu holat ayniqsa, radial kesimda o’ng tomonda vertikal to’q tasma shaklida ko’rinib turibdi, ya’ni kechki yog’och atrofdagi erta yetilgan yog’ochdan keskin ajralib ko’rinadi.
    Yillik qatlamni to’g’ri burchak ostida kesib o’tuvchi o’zak nurlari faqat radial kesimda gorizontal chiziq shaklida ko’zga yaqqol ko’rinadi. Ko’ndalang va tangensial kesimlarda bunday holatni kuzatib bo’lmaydi.
    Smola yo’llari ko’ndalang kesimda atrofi parenxim hujayralari bilan o’ralgan teshik shaklida ko’zga tashlanadi. Radial va tangensial kesimlarda esa vertikal yo’nalgan ariqcha shaklida namoyon bo’ladi.

  2. Dastlab fan o’qituvchisi tomonidan mikroskop va mikrokesimlarning tuzilishi, ular bilan ishlash tartibi tushuntirib berildi.
    Keyin biz tarqoq naychali yaproqli yog’och turini (tog’terak) tanlab oldik.
    Yaproqli tarqoq naychali yog’och turining ko’ndalang kesimida naychalar 2-3 ta tutash naychalar shaklda ko’zga tashlanadi. Ular deyarli 70-80% hajmni egallab olishgan.
    Yillik qatlamlar chegarasi faqat 3-4 qator kechki yog’och hujayralaridan (libriform tolalari) iborat chiziq shaklida ko’rinadi.
    Libriform tolalari juda kichik prozenxim hujayralari shaklida ko’rinadi. Ular radial va tangensial kesimlarda bo’ylama tolalar shaklida ko’zga tashlanadi.
    O’zak nurlari tog’terak yog’ochida unchalik ko’p emas va ko’zga aniq tashlanmaydi. Ular ko’ndalang kesimda yillik qatlamlarga perpendikulyar yo’nalgan chiziqlar shaklida ko’rinadi. Radial kesimda zo’rg’a ko’rinadigan gorizontal tasmalar shaklida, tangensial kesimda esa bo’ylama joylashgan mayda urchuqlar shaklida ko’rinadi.

  3. Dastlab o’qituvchi mikroskopning tuzilishi va unda ishlash tartibini tushuntirib berdi. Keyin biz halqasimon naychali yog’ochning mikroskopik tuzilishini o’rgandik. Uning mikroskopik tuzilishi xuddi laboratoriya ishi bayonining 5-bandida keltirilgan rasmga juda o’xshash ekan.
    Yaproqli halqasimon naychali yog’och turining ko’ndalang kesimida naychalar ikki xil ko’rinishda uchraydi — yirik naychalar (ular makroskopik ko’rinishda halqa hosil qilishadi) va maydan naychalar (ular eman yog’ochida alangasimon bo’lib ko’zga tashlanadi). Radial va tangensial kesimlarda mayda naychalarni libriform tolalari bilan adashtirib yuborish mumkin.
    Yillik qatlamlar chegarasi yirik naychalarning boshlanishi bilan aniq ko’zga tashlanadi.
    Libriform tolalari ko’ndalang kesimda kichik hujayralar shaklida, boshqa kesimlarda esa ularning devorlari bo’ylama chiqizlar shaklida ko’rinadi.
    O’zak nurlari ham 2 xil yirik va mayda shaklda mavjud. Ular ko’ndalang kesimda chiziq shaklida, radial kesimda tasma shaklida, tangensial kesimda «urchuq» shaklida ko’rinadi.

  4. В данной лабораторной работе мы изучили микростроению хвойных пород (ели и сосны).
    В начале мы ознакомились с конструкцией микроскопа и определили анатомические элементы древесины из микросрезов вместе с преподавателем.
    Потом выбрали ель и сосну. В строении обоих пород наблюдается резкий переход от ранней к поздней части годичных слоев. В поперечном разрезе это заметно в виде постепенного сжатия трахеидов в поздней зоне. В радиальном разрезе в общем плане наблюдается вертикальная темная полоса (поздная зона), граница между поздней и ранней зоной очерчено резко.
    Сердцевинные лучи, которые пересекают годичные слои под прямым углом наблюдается только в радиальном срезе в виде слабо заметной горизонтальной полосы. В поперечном и тангенциальном срезах такое явление не наблюдается.
    Смоляные ходы в древесине сосны и ели видны в поперечном срезе в виде «колодца», окруженного паренхимными клетками. В радиальном и тангенциальном срезах смоляные ходы заметны в виде продольной полого сосуда.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *