WC lab1

1-laboratoriya ishi. Yog‘ochning makroskopik belgilarini aniqlash

Ishning maqsadi: Daraxt tanasining asosiy qism va kesimlarini o’rganish. Yog’och makrotuzilishining asosiy elementlari (erta yetilgan va kech yetilgan zonalar, o’zak, o’zak nurlari, naychalar, smola yo’llari)ni tanishni o’rganish.
Asbob-uskunalar:

  • 2,5-5 marta kattalashtiruvchi lupa;
  • mikroskop Biolam.
  • asosiy yog’och kesimlari ko’rsatilgan yog’och namunalari;
  • har xil yog’och turlariga mansub arralangan yog’och namunalari.

Ishni bajarish tartibi:

1. Taqdim qilingan adabiyotlardan daraxt tanasining asosiy qism va qirqimlarini, yillik qatlamlar, o’zak nurlari, naychalar va smola yo’llarini o’rganing.

Yog’och tanasi tuzilishi:
1-ko’ndalang kesim; 2-radial kesim; 3-tangensial kesim.

2. Namunalarga qarab daraxt tanasining asosiy (ko’ndalang, radial va tangensial) kesimlarini aniqlang. Ko’ndalan va radial kesimlarda po’stloq, o’zak va yog’ochni ajrating. Po’stloqning tashqi va ichkii qismiga, o’zakka, tananing yadro va chekka qismlariga e’tibor qarating.

3. Taqdim qilinayotgan namunalarni yadroli va yadrosiz turlarga ajrating. Ularning orasidan yillik qatlamlari yaxshi ko’rinadiganlarini saylab oling. Lupa orqali yillik qatlamni tekshiring. Yillik qatlamdagi erta va kech yetilgan zonalarni farqlang, rangini, zichligini solishtiring.

4. O’zak nurlari 3 ta kesimda, 2 ta kesimda va 1 ta kesimda ko’rinib turgan va hech qaysi kesimda ko’rinmaydigan namunalarni ajratib ko’rsating.

5. Lupa yordamida naychalar yaxshi ko’rinib turgan namunani tanlang. Tanlab olingan namunalar orasidan erta va kech yetilgan zonalardagi yirik naychalari mavjud bo’lganlarini ajratib oling. Bu namunalar orasidan yirik va mayda naychalar bir tekis tarqalganlarini ajrating.

6. Yillik qatlamlari yaxshi ko’rinmaydigan, naychalari bo’lmagan va o’zak nurlari yaxshi ko’rinib turgan yog’och turlarini ajrating.

7. Yillik qatlamlari yaxshi ko’rinib turgan, naychalari bo’lmagan va o’zak nurlari yaxshi ko’rinmaydigan yog’och turlarini ajrating.

8. Olingan ma’lumotlarni 150-200 so’z hajmida forumga kiriting. Grafik material sifatida web-havolani keltiring.

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

1. Yog’ochning asosiy kesimlarini tushuntirib bering.
2. Daraxtning o’zagi haqida ma’lumotlar bering.
3. Zabolon va yadroning xususiyatlarini o’zaro taqqoslang.
4. Yog’ochning yillik qatlamlari qanday tuzilgan?
5. Erta va kech yetilgan yog’ochlarning tuzilishini tushuntiring.
6. O’zak nurlarining tuzilishini ta’riflab bering.
7.  Naychalarning tuzilishini tushuntirib bering.
8. Smola yo’llarining tuzilishini tushuntirib bering.

Foydalanish tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. Ross R.J. Wood Handbook: Wood as an engineering material. Forest Products Laboratory, USA, 2010. 62-65 p.
  2. Угольев Б.Н. Древесиноведение с основами лесного товароведения. М.: Лесная промышленность, 2005. С.13-24.
  3. Xabibullayev R.A., Ilhomov G’.U., Xabibullayev Sh.A. Yog’och buyumlar texnologiyasi. O’z.R OO’MTV/ T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2014. 11-13 b.
  4. Станко Я.Н. Лабораторные работы по материаловедению для сто­ля­ров, плотников и паркетчиков. М.: Высшая школа,1989. С.1-21.

Лабораторная работа №1. Определение макроскопических признаков древесины

Цель работы: Изучение основных частей и разрезов ствола деревьев. Изучение основных макроскопических элементов древесины (раняя и поздняя древесина,  сердцевина, сердцевинные лучи, сосуды, смоляные ходы).
Приборы и инструменты:

  • Бинокулярная лупа с разрешающей способности х 2,5-5 раз;
  • микроскоп Biolam.
  • образцы ядровых пород древесины, с основными разрезами.;
  • образцы пиломатериалов различных пород.

Порядок выполнения работы:

1. Изучите из предложенных литературных источников основные части ствола деревьев, годичных слоев, сердцевинных лучей, сосудов и смоляных ходов.

Строение ствола дерева:
1-поперечный разрез; 2-радиальный разрез; 3-тангенциальный разрез.

2. Определите основные разрезы (поперечный, радиальный, тангенциальный) по предложенным образцам. Опишите вид коры, сердцевины и древесины в поперечном и радиальном разрезах. При этом обращайте внимание на наружную и внутреннюю части коры, и сердцевину, ядро и заболони.

3. Предложенные образцы древесины разделите на ядровые и безядровые. Выделите среди них породы с хорошо различимыми годичными слоями. Изучите лупой годичные слои.  Определите разницу зон ранних и поздних слоев, сопоставьте их цвет и плотность.

4. Выделите образцы с видимыми сердцевинными лучами на трёх, двух, одном срезах и с невидимыми сердцевинными лучами.

5. Выберите образцы с хорошо видимыми сосудами. Выделите среди них образцы с крупными сосудами, которые видны в ранней и поздней части годичных слоев. Из них выберите образцы с рассеянными крупными и мелкими сосудами.

6. Выделите образцы с плохо видимыми годичными слоями, сосудами и хорошо различимыми сердцевинными лучами.

7. Выделите образцы с хорошо видимыми годичными слоями, без сосудов и невидимыми сердцевинными лучами.

8. Полученные данные вводите в форум в объеме 150-200 слов. Приложите web-ссылку в качестве графического материала.

Вопросы для самоконтроля

1. Опишите главные разрезы древесины.
2. Дайте сведения о сердцевине дерева.
3. Сравните свойства заболони и ядро.
4. Опишите строение годичных слоев древесины.
5. Поясните разницу между строением ранней и поздней части годичных слоев древесины.
6. Опишите строение сердцевинных лучей.
7.  Поясните строение сосудов древесины.
8. Дайте пояснение к строению смоляных ходов древесины.

Список рекомендуемых литератур

  1. Ross R.J. Wood Handbook: Wood as an engineering material. Forest Products Laboratory, USA, 2010. 62-65 p.
  2. Угольев Б.Н. Древесиноведение с основами лесного товароведения. М.: Лесная промышленность, 2005. С.13-24.
  3. Xabibullayev R.A., Ilhomov G’.U., Xabibullayev Sh.A. Yog’och buyumlar texnologiyasi. O’z.R OO’MTV/ T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2014. 11-13 b.
  4. Станко Я.Н. Лабораторные работы по материаловедению для сто­ля­ров, плотников и паркетчиков. М.: Высшая школа,1989. С.1-21.

HisobotlarОтчёты

WC lab1: 3 комментария

  1. Нами были изучены образцы в виде цилиндра и мы изучили ее на трёх разрезах и написали свой краткий отчёт.
    В поперечном разрезе, кора представлена в виде колец, толщина которых составляет от 5-10 мм. Кора состоит из двух частей, корки и луба. Наружная часть корка — темно коричневого цвета, а внутренняя часть луб — белого цвета (по виду она пористая).
    Сердцевина — представляется в виде точки, она пористая, видны рыхлые части.
    Ядро составляет примерно 80-85 % диаметра, она темно коричневого цвета. Заболонь (наружная часть древесины) белого цвета, в нем четко видны годичные слои, чередующиеся пористые и плотные слои. Древесина заболони по цвету резко отличается от ядра. Сосуды представлены в виде пористых точек, смоляные ходы не обнаружены.

    В радиальном разрезе — корка набрасывается в глаза в виде слоистых лепесток, а луб похож на губку белого цвета. Цвет слоистых лепесток красновато-бурый. Сердцевина на радиальном разрезе явно заметна с рыхлой структурой. В ядровой части четко заметны чередующиеся ранние и поздние годичные слои древесины. Заболонь белого цвета, толщина которого составляет 0,15-0,20 части древесины. Представленный образец почти соответствует рисунку приведенной ниже по ссылке:
    https://naruservice.com/images/dub_1.jpg

  2. Biz nina bargli dumaloq yog’och namunasini o’rgandik.
    Po’stloqning tashqi qatlami (po’sti) qattiq qatlamdan iborat bo’lib, u tanani har xil tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Yog’och po’stlaridan po’kak va issiq-sovuqdan himoyalovchi materiallar ishlab chiqariladi (eman), terini dudlovchi moddalar olinadi (eman, tol, oq qayin) va har qanday daraxt po’stlog’idan bo’yoq va sunhiy yog’och materiallari olish mumkin.
    Lub qatlami — po’stloqning ichki qismi. U daraxtning vena qon tomirlari hisoblanadi, ya’ni daraxt barglari fotosintez yordamida havodan olgan oziq moddalarni ildizlarigacha yetkazib beradi.
    Kambiy — lub va yog’ochlik orasidagi mayin va shirali qatlam bo’lib, u tirik xujayralar zavodi hisoblanadi. U lub va o’zak nurlari orqali oziqlanib po’stloq va yog’ochlikning o’sishi uchun zarur bo’lgan xujayralarni yetkazib beradi.
    Po’stloq ostidagi yog’och qatlami (zabolon) yog’ochlikning tirik qismidir, har yili kambiy yetkazib bergan xujayralar hisobiga kengayib yillik xalqa hosil qiladi. Yillik xalqalar bahordagi yirik g’ovaksimon va yoz—kuz davridagi mayda zich xujayralardan tashkil topgan.
    Yadro — yog’ochlikning o’sishdan to’xtagan qismi hisoblanadi, yadrodagi yillik xalqalarning zichligi yuqori va qattiq bo’ladi. Uning rangi zabolonnikiga qaraganda to’qroq.
    O’zak — ko’ndalang qirqimning o’rtasidagi g’ovaksimon to’q rangli nuqta yoki doira shaklida ko’zga tashlanadi, diametri 2-5mm ni tashkil etadi.
    http://i-remo.ru/upload/iblock/7ec/pilomaterial-iz-hvoi-jpg

  3. Biz tarqoq naychali yog’och namunasini uch xil kesimda – ko‘ndalang va ikkita bo‘ylama (radial va tangensial) kesimlarda o‘rgandik. Daraxtning asosiy anatomik qismlarini uning ko‘ndalang kesimida yaqqol ko’rinadi.
    O‘zak — markazda joylashgan, dumaloq shaklda, diametri 2 mm atrofida. Tashqi qism — po‘stloq o‘z ko‘rinishi bilan yog‘ochdan keskin farq qiladi. Yog‘och bilan po‘stloq o‘rtasida daraxtning o‘sishini ta’minlovchi pardasimon kambiy qatlami mavjud.
    Yog‘ochlik qismdagi yillik qatlamlar yaxshi ko’rinmaydi.
    Daraxt butoqlari kesilganda uning o’rnida ko’zlar paydo bo’lgan, o’sishdan to’xtagan shoxlar qoplanib daraxtning ichida qolib ketgan.
    Po‘stloq ikkita qismdan – ichki — lub va tashqi — po‘st qatlamlaridan iborat bo‘ladi. Tashqi qism yog‘ochni issiq-sovuqdan, yong‘inlardan, tashqi ta’sirlardan, mikroorganizmlar va hasharotlar kirishidan saqlaydi, daraxtdan namlikning bug‘lanib ketishining oldini oladi. Lub qismi esa g‘ovaksimon tuzilishga ega bo‘lib kambiy qatlami va po‘st orasida joylashgan bo‘ladi. U daraxt tanasi bo’ylab oziq moddalarni pastga uzatadi.
    Yog’ochda yadro mavjud. Zabolonning rangi xira oqish tusda. Yillik qatlamlarni bir-biridan ajratish juda qiyin, chegarasi zo’rg’a ko’rinadi. O’zak nurlari umuman ko’zga tashlanmaydi.
    http://russianpermaculture.ru/wp-content/uploads/2014/12/populus_alba14.jpg

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *