MFO’M FAQ


Forum FAQ (Frequently Asked Questions)

Ҳурматли магистрантлар!

Ушбу форумда Сиз фан ўқитувчисига ўзингизни ўйлантирган ва тушунишга қийналаётган саволларингизни беришингиз ва саволингизга жавоб олишингиз мумкин.  Саволни ўтилган мавзулар доирасида, соф илмий-адабий тилда ёзишингиз талаб этилади. Савол ҳажми 30-50 сўз атрофида бўлиши тавсия этилади.

Ortga qaytish

MFO’M FAQ: 73 комментария

  1. Assalomu alaykum.
    Oliy ta’lim muassasalarida bakalavr bitiruvchilari diplomni himoya qilish uchun o’z mavzulari bo’yicha daklat qilishadi.Meni savolim shuki, texnologiya institutlarida amaliyot o’tagan ishi bo’yicha kurs ishi qilib, diplom mavzusini faqatgina nauka yo’nalishi bo’yicha davom ettiradiganlar himoya qilsa, shu avzal bo’lmaydimi?

    1. Va alaykum assalom. Sizning fikringizga qo’shilaman. Savolingiz 2 ta hujjatga tegishli. Birinchisi — OO’MTV ning 07.03.2008 y. dagi 61-buyrug’i bo’yicha kurs loyihalarini bajarish bo’yicha Nizom va ikkinchisi — OO’MTV ning 09.06.2010 y. dagi 225-buyrug’i bo’yicha bitiruv malaka ishini bajarishga qo’yiladigan Talablar.
      Biroq bu hujjatlarda quyidagi talablar qo’yilgan. Birinchi hujjatda kurs loyihalari amaliyot bo’yihcha emas, balki ma’lim fan bo’yicha bajarilishi zarurligi aytilgan. Ikkinchi hujjatda muhandislik va ishlov berish tarmoqlari ta’lim yo’nalishlarida BMI lar faqat diplom loyihasi sifatida tayyolanishi ta’kidlangan.
      Men o’zim ham 1989 yil diplomda ilmiy ish qilganman, lekin ilmiy ishimni loyihaviy diplom ishimning ichiga qo’shimcha sifatida kiritganman.

  2. Сизга берадиган саволимнинг кириш қисми шундан иборатки, Ўзбекистон Республикаси таълим тизимини ислоҳ қилиш бўйича бир қатор меъёрий хужжатлар қабул қилган. Жумладан, ЎР нинг «Таълим тўғрисидаги Қонуни» (охирги шакли. 29.08.1997й), ЎР нинг «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури» 29.08.1999й, ЎРВМ нинг » Узлуксиз таълим тизими учун давлат таълим стандартларини ишлаб чиқиш ва қўллаш тўғрисидаги» Қарори 05.01.1998 й, ва асосий мазмундаги ТАЪЛИМ СФЕРАСИДАГИ ИСЛОҲ ТАМОЙИЛИ — БОСҚИЧЛИЙЛИК:
    1- БОСҚИЧ: 1997-2001 йиллар ўтиш босқичи
    2- БОСҚИЧ: 2001-2005 йиллар
    3- БОСҚИЧ: 2005 йилдан бошлаб кадрлар тайёрлаш тизимида йиғилган тажрибаларни таҳлил қилиш ва уни ижтимоий иқтисодий шароитдан келиб чиққан ҳолда ривожлантириш ва такомиллаштириш эди.
    1.Саволимнинг асосий моҳияти шундаки, мен мана шу босқичларни ўтаб бўлганимизни ва Ҳозирда ЎР нинг 2017 йил 7 февралдаги Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг
    «Ҳаракатлар стратегияси» ПҚ — 4947 сонли қарорида 5 та устувор йўналишлардан бири 4- Ижтимоий соҳани ривожлантиришнинг устувор йўналишларида белгиланган ислоҳотларни орасидаги боглиқлик нимада?
    2. Биринчи юқорида қайд этилган таълимни ислоҳ қилиш бўйича босқичлийлик ва КТМД ни моҳиятини хозир хам қўллаймизми?
    3. 4- Ижтимоий соҳани ривожлантиришнинг устувор йўналишларида белгиланган ислоҳотлар Таълим ва Фан соҳасини ривожлантиришнинг асосий мақсадлари бу босқичма босқич ўтиш йўлининг давомийлиги эмаси? Нега биз ҳали хам босқичма босқич давридаги ислоҳотларни гапиряпмиз?

    1. 1-2 саволларингизга жавоб: Тўғри фикрлаяпсиз — «Ҳаракатлар стратегияси»нинг 4-Ижтимоий соҳани ривожлантиришнинг устувор йўналишларида белгиланган ислоҳатлар КТМД 3-босқичининг давоми ҳисобланади. 3-саволингизда жуда тўғри таъкидлаяпсиз, ҳақиқатан ҳам «бу босқичма-босқич ўтиш йўлининг давоми»дир.
      «Нега ҳали ҳам босқичма-босқич ўтиш давридаги ислоҳатларни гапираяпмиз» деган саволингизга Абдулла Қодирийнинг ибораси билан жавоб бермоқчиман: «Мозийга қайтиб иш кўрмоқ — иймондандир».
      1997 йилда Давлат таълим стандартлари, малака талаблари, ўқув режалар, янги педагогик технологиялар, интерфаол ўқитиш усулларини ишлаб чиқиш бўйича Республикамизда тажриба етарли эмас эди. Ўқитиш ишлари ҳали ҳам «собиқ марказ» белгилаб берган режалар асосида амалга ошириб келинмоқда эди.
      Ўшанда, Биринчи Президентимиз Ислом Каримов ўзимизнинг «кадрлар тайёрлаш миллий дастури»мизни таклиф қилдилар.
      Миллий дастуримиз асосан 1- ва 2-босқичларда (1997-2005 йиллар давомида) шаклланди ва орадан 15 йил ўтгач, яъни 2012 йилда Ўзбекистоннинг кадрлар тайёрлаш миллий дастурини, ривожланишнинг «ўзбек модели»ни БУТУН ДУНЁ ТАН ОЛДИ!!!
      http://huquqburch.uz/uz/view/3687
      http://fikr.uz/blog/ziyonet_simpozium/newall/page3/?lang=uzl

  3. Masofadan o’qitish tizimida bizning oliy o’quv yurtlarimizda fanlarni ingliz tilida talabalarga yetkazilishiga qanday qaraysiz?
    Bunday o’qihtish tizimining qaysi jihatlari afzal?

    1. Agar ma’lumotlar ingliz tilidagi manbalardan olinadigan bo’lsa, dunyoda keng tarqalgan ma’lumotlar yetkaziladi. Shuningdek, talaba fan atamalarining inglizcha varianti bilan tanishadi. Va nihoyat, talaba turli xil contentlar (illyustratsiyalar) orqali bilim olganligi sababli dunyoqarashi kengayadi.

  4. Hozirgi kunda texnika unversitetlari va insititutlarida 3-4 kursda amalyot otashga kam vaqt beriladi, shu jarayonni yarim semestrni nazariy bilim olish bilan va yarmini zavodlarda amalyot o’tkazilsa nazariy bilim bilan birgalikda amaliy ko’nikmslar ham hosil bo’lmasmidi? Shunga qanday fikr bildirasiz?

    1. 2017 yil 27-iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 3151-sonli Prezident qarorida shu kabi ko’rsatmalar berilgan.
      Ammo tahlil shuni ko’rsatadiki, ba’zi korxonalar bunga tayyor emas. Chunki, talab mavjud bo’lmasa ham katta kontingentda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bunday holatda talabalarning amaliyot o’tashi uchun korxona topish muammo bo’ladi.

  5. Yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari 68 baldan yuqori toʻplagan abituriyentlar yuqori toʻlov kontirakt asosida oʻqishga qabul qilinib kelinmoqda. Bu jarayondan koʻrinib turibdiki shu summani toʻlashga qodir boʻlgan bilim darajasi qoniqarsiz abituriyentlar ham oqimoqda. Savolim shundan iboratki bu taʼlim sifati va ertangi kun malakali kadrlar tayyorlash dasturiga salbiy taʼsir etmaydimi?

    1. 1. Bilimni pulga sotib olib bo’lmaydi.
      2. Agar bilimsiz odam diplom oladigan bo’lsa, bu diplomning qadri yo’qoladi.
      3. Korxonaga bilimli mutaxassis kerak, aks holda bankrot bo’ladi.

  6. Men kimyo fanidan repitetorlik faolyatim davomida shunga amin bo’ldimki, o’quvchilar kimyo fani haqida kechroq tushunchaga ega bo’lyapdilar(7-sinfdan boshlab).Sizga beradigan savolim shundan iboratki, kimyo darsligini 5-6 sinflardan boshlab darslik sifatida qo’ysa bo’ladimi?

    1. Bu yerda bolaning ulg’ayishini ham e’tiborga olish kerak. Menimcha 7-sinfgacha Kimyo fani bola uchun og’irlik qiladi.
      Hozirgi yuqori sinf o’quvchisi o’zi niyyat qilgan oliygohning kirish imtixonidagi fanlarga e’tibor qaratadi. Shu nuqtai nazardan ba’zilar uchun kimyo fani muhim emas.
      Kimyoga yo’naltirilgan maxsus maktablarda va chuqurlashtirilgan sinflarda 5-6 sinfdan kimyo fanini o’qitish maqsadga muvofiq.

  7. Assalomu alaykum. Savolim shuki chet el davlatlarida masalan Janubiy Koreyada talaba bakalavr bosqichini tugatgach magistratura bosqichini o’zi xoxlagan yo’nalish bo’yicha davom ettiradi. Xattoki bakalavr va magistratura yo’nalishlari 180 gradusga farq qiladi.Bizda oliy ta’limda esa yo’nalish shifriga qaraladi.Shu ta’limni
    bizda ham joriy qilinsa, oliy ta’limda yanada imkoniyatlar kengayarmidi.Shunga sizni fikringiz qanday?

    1. Juda to’g’ri. Birinchidan, hozirgi kunda amal qilayotgan shifrlar o’ta sun’iylashtirilgan. Bundan 15 yil oldin har bir yo’nalishning o’z shifri alohida bo’lar edi. Hozir ularning hammasi bitta shifrga kiritilib «optimallashtirilib», buning oqibatida juda katta noqulayliklar paydo bo’lgan.
      Ikkinchidan, magistraturaga kirishni bakalavr yo’nalishi shifri bilan emas balki, ta’lim sohasi shifri bilan belgilash maqsadga muvofiq. O’shanda magistraturaga kirishda tanlov doirasi ancha kenhayar edi.

  8. Biz magistrlarning o’qishimizdan maqsad jumladan kelajakda pedagogik faoliyatni olib borish. Shunga kora bizda pedagogik faoliyatni o’qish davomida birgalikda olib borish uchun juda kam soat berilgan. Shu soatlarni kopaytirib ilmiy rahbar bilan birgalikda bir oyda bir marta bakalavirlarga dars o’tib berilsa magistrantning tajribasi sal bolsayam ortar edi. Siz bu fikrga qandah qaraysiz?

    1. Juda to’g’ri, fikringizga to’liq qo’shilaman. Magistrantning shaxsiy ish rejasida pedagogik faoliyat ham rejalashtirilgan. Lekin bu qanchalik darajada amaliyotga tatbiq qilinishi kafedraning magistrantlarga qo’ygan talablariga bog’liq.

  9. Ma’ruzalaringizda «tarbiya» so’zining kasbiy mohiyatini yuksak darajada ifodalab o’tdingiz. Savolim quyidagicha: ta’lim jarayonlarini tashkil etishda inson omili qay darajada e’tiborga olinadi?

    1. Inson omilini insonga o’qish uchun yaratiladigan sharoitlar va huquqiy masalalarda deb bilaman. Hususan, stipendiani juda zarur deb bilaman. Lekin, kontrakt to’lovini har oyda to’lashga imkon berilsa, to’lash qiyin bo’lmaydi. Masalan, 5 oyda 5 mln to’lashdan ko’ra, bir oyda 1 mln to’lash osonroq bo’ladi. Shuningdek, arzonlashtirilgan nonushta va tushliklar tashkil qilish ham ijobiy samara beradi, deb o’ylayman. Talabaning mustaqil ta’limini to’g’ri yo’lga qo’yish ham juda zarur.

  10. Masofadan o’qitish tizimini bakalavr talabalariga ham qo’llash mumkinmi va qaysi kurs bosqichlariga qo’llash yuqori samara beradi?

    1. Eng avvalo yuqori kurs talabalari uchun maxsus fanlardan masofaviy ta’limni tashkil etish yaxshi samara beradi. Umumta’lim fanlaridan an’anaviy ta’lim hozircha yaxshi samara beradi.

  11. Hozirda nafaqat ta’lim sohasida balkim, barcha ishlab chiqish sohasida oliy ta’lim muassasini tugatgan barcha talabalarni to`laqonli ish bilan taminlash imkoni nega yo`q, sir emaski birorta joyga ishga kirish uchun kimningdir ya`ni nafaqa yoshiga yetgan xodimning o`rnini egallash zarur, ammo bu xodim o`z o`rnini bo`shatishni istamasachi, unda yosh kadrlar qanday yo`l tutishi zarur deb hisoblaysiz. Chet elda faoliyat yuritishiga fikringgiz? Nafaqaga chiqgan hodimning ishlashigachi?

    1. Savolingiz juda o’rinli, lekin fan doirasida bo’lsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
      Savolingizga quyidagi holatlarni javob sifatida keltiraman:
      1) Talaba davlat korxonasida ishlashi shart emas.
      2) Kimningdir o’rniga ishlashi shart emas.
      3) Talaba bozor talablaridan kelib chiqib o’z sohasi bo’yicha ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi mumkin.
      4) Hohlasa xorijda o’z sohasi bo’yicha faoliyat olib borishi mumkin.

  12. Талабаларнинг таълим жараёнини оптимал вариантини танлаш ыандай амалга оширилади.

    1. Ҳозирги кунда талабаларнинг таълим жараёнини танлаш учун вариантлар мавжуд эмас. Масалан, кундузги талаба қисман онлайн тарзида ўқишни ҳоҳлаши мумкин, лекин ҳали онлайн ўқиш мавжуд эмас. Якуний назорат шаклини ҳам ўқувчилар танлайди. Лекин, талаба семестр бошида якуний назоратни портфолио шаклида, ёзма, тест, оғзаки суҳбат ёки лойиҳавий иш шаклида топширишни ҳоҳлаши мумкин.
      Талабаларнинг таълим жараёнини танлаш имкониятининг йўқлигига сабаб — барча ўқув материаллари фақат қоғоздаги босма ҳолатида мавжуд, шунингдек, олий таълимда дарс берадиган педагоглар самарали ўқитиш усуллари билан унчалик ҳам қизиқишмайди, уларга қайси усул тавсия этилса, шу усул оммавий тарзда қўлланилиб келинмоқда.
      Эндиликда янги баҳолаш мезонлари асосида якуний назорат шакллари кафедра томонидан эркин белгиланиши қайд қилинган. Менинг фикримча, бу танлаш жараёнида талабалар ҳам иштирок этишса мақсадга мувофиқ бўлар эди.

  13. Nima uchun bizning ta’lim tizimimizda, xalqaro nufuzga ega bo’lgan ta’lim tizimi kabi mahsus o’qitish mavjud emas? Yani bir mutahasislikni chuqurroq o’rganish, qisqa qilib aytganda maktab, kasb hunar kolleji va oliy ta’limda o’quvchi yoki talaba o’ziga qiziq fanlarni tanlab olmaydi.

    1. Buning uchun talaba o’z oldiga qo’ygan maqsadini chuqur anglab yetishi kerak. O’shanda u o’ziga qiziq bo’lgan, kelajakda zarur bo’lgan biror fanni tanlashi mumkin.
      Hozirgi kunda o’quv rejalarida tanlov fanlari mavjud, lekin ularni talaba emas, ta’lim muassasasi tanlab beradi.

  14. Assalomu aleykum. Mening savolim shundan iboratki hozirgi kundagi ta’lim tizimida tuzilgan yangi loyiha boyicha ish olib borgan yaxshimi yo tizim eski loyiha boyicha ish olib borgan afzalroqmi?

  15. Ассалому алайкум;
    Талабгорнинг диссертатсия мавзуси бўйича камида нечта мақоласи ОАК рўйхатидаги тегишли фан сохаси ривожланган хорижий мамлакатларнинг нуфузли ихтисослашган илмий журналларида е*лон қилинган бўлиши шарт?

  16. Assalomu alaykum ustoz!!! Savolim quyidagicha-» Yuridik shaxs nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etishi uchun qo’yilgan talablarni to’la qonli bajarib so’ngra ish faoliyatini boshlaydimi, yoki ayrim kamchiliklar mavjud bo’lsa, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish sharti bilan ish faoliyatini amalga oshirib tursa bo’ladimi?

  17. Assalomu aleykum savolim shundan iboratki magistraturadagi dessertaysiya mavzuyimni magistaturadan keyingi doktarantura dessertatsiyasi uchun ham shu mavzuni ham yoqlasam bo’ladimi?

    1. Ilm shunday narsaki, u xuddi daraxt shoxidek tarmoqlanib rivojlanadi. Agar doktoranturada ham davom ettirish uchun materiallaringiz yetarli bo’lsa nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Agar magistraturadagi mavzudan yana bir mavzu chiqara olsangiz bu narsa juda yuqori baholanadi.

  18. Ассалому алайкум. Саволим шундан иборатки Узбекистон Респубоикасида хар бир студент Бакалавр даражасини олгандан кейин ишлаб чикаришда ма’лум иш стажига эга булиб, узининг ишхонасида ишлаб туриб илмий иш килишга хукуклими, йоки булмасам илмий иш килиш учун магистр даражасини олиш зарурми. Такидлаб утишим керак бир талаба Узбекистон Республикасида Бакалавр даражасини олиб гранд асосида докторантурага Италия давлатига укишга кетган.

  19. Assalomu aleykum. Hozirgi kunda sirtqi ta’lim o’qitish tartibi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan 1 yil o’quv davomida 40 kun belgilangan ya’ni 1-va 2- yarim yilda 2 hafta o’qish va 1 hafta yakuniy baholash (semester). Shu sirtqi ta’limda talabalarga nazariy bilim berishda masafaviy onlayn tarzda otkazib borish va yakuniy baholashini ham onlayn tarzda otkazilsa yoki yakuniy baholash (semester) ni ta’lim olayotgan oliygohiga borib topwirib kelsa afzalroq bolmaydimi?

  20. Assalomu aleykum !
    Ta’lim texnologiyasi bilan,metodlarni farqini tushintirib bersangiz?
    Metodlar ta’lim texnalogiyasida qandayo’rinni tutadi?

    1. Metod (ya’ni usul) ta’lim texnologiyasining tarkibidagi element hisoblanadi. Ta’lim texnologiyasi ta’lim jarayonlari, ta’lim vositalari, o’qitish usullari jamlanmasidan iboratdir.

  21. O‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, talabalar o‘zlari fanga qiziqsin, uni bilishga harakat qilib, intilishsin. Nazariy bilim doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog‘lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o‘z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim etish tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni, bevosita ish holatida va real obyektlarda o‘qitishni talab qiladi. Darslar ko‘rgazmali qurollar yordamida berilsa, o‘quvchilaming o‘zlashtirishlari osonlashadi. O‘quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar uni o‘zlaridagi bilimlar bilan bog‘lay olishligi va uni tushunishda qiynalmasliklari zarur. Ya’ni o‘quv materialining mazmuni, shuningdek, O‘qituvchining tili va fikrlarini ifodalash usuli o‘quvchi-talabaning bilim saviyasiga mos kelishi lozim. O‘quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim namunalarni tanlashga harakat qilish kerak. Yaxshi model, amaliyotdan olingan tipik misollar, turlicha mahsulotlar ham olingan natijaning sifati qanday bo‘lishini aniq ko‘rsatadi. O‘quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo‘llanilmasligi kerak. Bilimlarni qo‘llash Talabalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi kerak. Shuning uchun bu bilimlar qo‘llanilgan va amaliy vaziyatda sinalgan bo‘lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o‘qituvchi tomonidan yaratilishi lozim. Bu o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida doimiy aloqa bo‘lishini talab qiladi. Oliy o‘quv yurti o‘zining yuqori ilmiy saviyasi bilan o‘rta ta’limdan farqlanadi. Fanni o‘rganish fanda erishilgan zamonaviy yutuqlarni amaliyot bilan bog‘lash, dolzarb muammolarni aniqlash, ularning yechimini topishga yo‘naltirish bilan ajralib turadi. Oliy ta‘limning o‘ziga xosligi dars o‘tish metodlarini tanlashga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ko‘proq talabalarni o‘ylashga undaydigan dars o‘tish metodlarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Umuman talaba o‘ylashga o‘rganmasa, olgan bilimlaridan foydalana olmaydi. Chunki, har qanday sohada muvaffaqiyatli ish yuritish uchun tafakkur rivojlangan bo‘lishi zarur. O‘qitish uslubining pirovard maqsadi chuqur bilim berishgina bo‘lmay, yoshlarda mustaqil bilim olishga intilishni uyg‘otish, ularni tarbiyalash hamdir. Axborot turli-tuman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axborotni turli tarzda qabul qilish qo‘lidan kelmasa, bu — uning uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. Agar o‘qituvchi talaba yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa, uning o‘qishdan ko‘ngli sovib, fan bilan shug‘ullangishi kelmay qolishi mumkin. Shuning uchun turli-tuman usullar bilan dars o‘tish, har bir o‘quvchi, talabaning darsga faol qatnashishiga omil bo‘ladi. Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qiladi deb o’ylayman. Lekin hamma o’qtuvchilar ham dars jarayonlarini shunday tashkil qilmagan bu masala yuzasidan qanday fikrdasiz?

  22. Институтимиз мисолида кўриб чиқадиган бўлсак, олдинлари битирувчи 4-курс талабларига хафтада 2 кун ишлаш учун рухсат берилган. Агар бизнинг институтимизда ҳам 2 кунни ҳам амалиётчи сифатида ҳам ишга рухсат берилса ходим талабада келажакда бориб ишлайдиган ташкилотида билим, кўникма ва малакаларга эга бўлиб бориши мақсадга мувофиқ бўладими?

    1. Иложи бўлса ўша 2 кун ишлашга рухсат берилган ҳужжатнинг нусхасини телеграмдан жўнатворинг.

  23. “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risida” nizomga ko’ra xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida (agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o’z davlati va O’zbekiston davlati o’rtasida tuzilgan maxsus ta’lim dasturi shartnomasi asosida O’zbekistonda ta’lim olsagina ta’lim olish uchun to’lovlar boshqa manbalardan to’lanishi mumkin) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi hamda O’zbekiston fuqarolari uchun o’rnatilgan to’lov miqdorlaridan farqli ravishda xorijiy talabalar uchun bu miqdorlar ko’proq qilib belgilangan.
    Savolim shundaki xorijiy fuqarolar nega O’zbekiston fuqarolari kabi grand asosida o’qishga qabul qilinmaydi va to’lov-kontrakt miqdori ko’proq qilib belgilangan.
    Qo’shimcha qilib aytganda O’zbekiston OTM larida xorijiy fuqarolarni soni kam. Sababi nimada? O’zbekiston OTM larining nufuzi va ta’lim berish sifati chet el OTM (AQSh,Yevropa) ga nisbati xar xilligini sababi nima? Xorijiy fuqarolar O’zbekiston OTM larida ko’proq bo’lganida O’zbekiston nufuzi va budjetiga ijobiy ta’sir qilar edi.

  24. Assalomu alaykum sizga beradigan savolim shundan iboratki Bizni magisturatura o’qish jarayonimizda disertatsiya mavzulari majburan beriladi bazibir talabalar bakalavira bosqichida oziga mavzu tallab qoyga deyaylik qandaydir ishlab chiqarishdagi muommoni sh mavzu berishni ixtiyoriy qilish va oziga raxbarni ozi tanlashiga qanday qaraysiz

    1. Mavzular davlat dasturlari asosida belgilangan tadqiqot mavzulariga mos bo’lishi yuqoridan talab etiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak.
      Sizning fikringizga qo’shilaman, agar dolzarb, iqtisodiy samarali va istiqbolli mavzuni tanlagan bo’lsangiz, buni asoslab ko’rsatishingiz va mavzuni o’zgartirishingiz mumkin.

  25. Assalomu aleykum savolim quyidagicha.
    Magistraturada o’qib va chet el davlati universitet va institutlarida kontrakt asosida o’qishi va ekki yilda ekkita o’qish o’rning diplomini olish imkoni bor ekan.
    Bu o’qish sistemasiga tasir qilmaydimi.
    Yaniy talabaning yetarli darajada bilim olishiga vaqt yetarli deb o’ylaysizmi?

  26. Ассалому алейкум. Мен М -16-18 гурух магистри Рахматуллаев Атхамхон
    Сизга берадиган саволим шундан иборатки, баъзилар Олий таълим даргоҳларига икки жинс вакиллари учун миқдор белгилансин, масалан ҳар бир институт ёки университет бўладими уларга маълум бир 500 қизлар, 500 йигитлар учун деб квота белгилансин дейди, баъзилар эса бунга мутлақо қарши. Яъни белгиланган миқдор таълимга қандай таъсир кўрсатиши мумкин, билим даражаси билан боғлиқ эмас деб айтадилар. Сиз бу фикрга қандай қарайсиз.

  27. Ассаламу Алайкум. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРИНИНГ буйруғи асосида .ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ БИТИРУВЧИЛАРИНИНГ ЯКУНИЙ ДАВЛАТ АТТЕСТАЦИЯСИ ТЎҒРИСИДАГИ НИЗОМНИ ТАСДИҚЛАШ ҲАҚИДАГИ
    Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2009 йил 5 июнда рўйхатдан ўтказилган, рўйхат рақами №1963 бўлган Олий ва ўрта махсус таълим вазири А. ПАРПИЕВ томонидан 2009 йил 22 май, 160-сон қарорига мувофиқ равишда саволим қуйдагича. Шу қарорнинг 4 яни «IV. Якуний давлат аттестациясини ўтказиш тартиби» нинг 22-бандида кўрсатилган «имтиёзли» диплом бериш тартибига асосан «имтиёзли» диплом қандай кўрсаткичли талабаларга берилади ва хозирда шу қарорнинг ижроси олий таьлим билим юртларида қай даражада таъминланяпти?

  28. Assalomu aleykum. O’zR dan chet elga ketib o’qiydiganlarni ko’p eshitganmiz, lekin bizning yurtta chetdan kelib o’qiydiganlar ancha kam, yo’q deb ham o’ylayman. Chet elda o’qishga kirish oson, o’qishning o’zi esa sal qiyinroq. Bizda esa teskarisi deb o’ylayman. O’qishga kirish lgotalari sonini oshirib, lekin o’qitish tizimi qiyinroq qilinsa maqsadga muvofiq bo’lmaydimi? Ishga kirishda ham DIPLOM degan narsa qachongacha muhim o’rin tutadi? Oylik maoshlarni haqida esa gapirmay qo’ya qolaman….

  29. Assalomu aleykum sizga savolim shuki maxsus fanlarni o’qitishda tamoyillarini qo’llamasdan o’qitish tamoyili beradigan ta’lim sifatiga erishish mumkinmi

  30. Yaqinda prezidentimiz O`zbekistonda flagman universitetlar va E-Minbar tashkil qilish topshiriq berdilar. Shundan, E-Minbar tizimi joriy etilsa, dars mashg`ulotlarini onlayn kuzatish nazarda tutilganmi yoki masofaviy ta`lim ya`ni onlayn darslarni keltirishimiz mumkinmi?

  31. Ассалому алайкум мен М9-18 гурух талабаси саволим шундан иборатки, Аник ва амалий фанларни укитишда онлаин укитиш тизимига утказилса, назарий фанларни укитишга караганда таьлим сифати кандай таьсир курсатади.

  32. Yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari 68 baldan yuqori toʻplagan abituriyentlar yuqori toʻlov kontirakt asosida oʻqishga qabul qilinib kelinmoqda. Bu jarayondan koʻrinib turibdiki shu summani toʻlashga qodir boʻlgan bilim darajasi qoniqarsiz abituriyentlar ham oqimoqda. Savolim shundan iboratki bu taʼlim sifati va ertangi kun malakali kadrlar tayyorlash dasturiga salbiy taʼsir etmaydimi?

  33. Институтимиз мисолида кўриб чиқадиган бўлсак, олдинлари битирувчи 4-курс талабларига хафтада 2 кун ишлаш учун рухсат берилган. Агар бизнинг институтимизда ҳам 2 кунни ҳам амалиётчи сифатида ҳам ишга рухсат берилса ходим талабада келажакда бориб ишлайдиган ташкилотида билим, кўникма ва малакаларга эга бўлиб бориши мақсадга мувофиқ бўладими?

  34. Assalomu alaykum xurmatli ustoz!!! mening savolim quyidagicha: umumiy pedagogik fanlarni o’qish jarayonida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim turlari bilan tanishish va ularni dasturlarini o’zlashtirish va pedagogik fanlarini onlayn tarzda darslarga qatnashishni tashkillashtirishni qanday amalga oshirish mumkin va bu qay darajada mavjudlikga yaqin.

  35. Assalomu alaykum!
    Bakalavr bosqichida «pedagogika» magistratura bosqichida «metodologiya» fanlari o’qitiladi. Bu ikki fanning farqi bormi? Qaysi biri dars berish jarayonini to’liq, aniq, amaliy yoritib beradi? Darsni olib borishdagi hujjatlar, jurnal yuritish, ish yuklamasi kabi hujjatlar bilan nega to’liq tanisha olmaymiz?

  36. Assalomu alaykum. Magistratura bosqichida darsni online tarzda zamonaviy messenjerlar(misol uchun telegram, imo skype) orqali olib borishga sizning fikringiz

  37. Assalomu aleykum xurmatli ustoz. Savolim shundan iboratki bizda masofadan turip ta’lim berish yonalishlari mavjudmi agar mavjud bo’lsa juda qulay bo’lar edi. ayniqsa magistratura yo’nalishida bu juda katta qulaylik tug’dirgan bo’lar edi. bunga fikringiz qanday?

  38. Assalomu aleyykum. O’qitishda ta’limning tarbiyalovchi xarakterini amalga oshirish tamoyili qanday amalga oshiriladi va bu tamoyilning boshqa tamoyillarga nisbatan avzalliklari nimalardan iborat?

  39. Ассалому алайкум. Сизга саволим шундан иборатки «Таълим тамойилларини хамма фанларни укитишда куллаш мумкинми?

  40. Ассалому алайкум устоз. Мени ўйлантирган саволим шуки, нима сабабдан талабаларнинг ўқишга қизиқишлари сустлашиб кетмоқда. Бундан ташқари амалиётларимиз ҳам мажбурланиб жўнатилади. Талабаларнинг қизиқишларига қараб бўлинмайди. Буниси етмагандек, амалиётга борилаётган корхона ва ишлаб чиқариш мажмуалар эски асбоб ускуналар билан жиҳозланган, талабга жавоб бермайди деб ўйлайман лекин буларни ривожланиши ёшлар қўлида дейилади. Шу тўғрими?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *