KHK Interview

Ushbu ruknda tinglovchilar tomonidan modul mavzulariga oid olingan interv’yular keltiriladi.

Intervyu olish bo’yicha tavsiyalar:

1. Mavzuni yaxshilab o’rganing. Suhbatni mavzu bo’yicha olib boring. Suhbat davomida kamida 3 ta savol bering. Suhbat davomiyligi 1,5-2,5 minut oraliqda bo’lishi tavsiya etiladi.
2. Intervyuga mos odamni toping va birgalikda oldindan tayyorlaning.
3. Intervyuni madaniy tarzda takalluf, mulozamatlar bilan olib boring, oxirida minnatdorchilik bildiring. Suhbatdoshingizni his qiling va hurmat qiling. Bunda quyidagi iboralar bo’lishi mumkin: «Assalomu alaykum», «Sizdan … haqida so’ramoqchi edim, mumkinmi?», «Menga intervyu bera olasizmi?», «Mahramat», «Keling…, bemalol», «Marhamat qilib aytingchi…», «Nima deb o’ylaysiz …?», «Ayta olmaysizmi …?», «Nega …», «Qanday qilib…», «Nima uchun…», «Nima maqsadda…» va h.k.
4. Suhbatni davom ettirish uchun «ko’prik» so’zlardan foydalaning («Aytganingizdek …», «Ta’kidlab o’tganingizdek …»). Suhbat oxirida «Yana nimalarni qo’shimcha qilgan bo’lardingiz?» kabi savollar bilan yakunlash ham mumkin.
5. Suhbatni tugatganda minnatdorchilik bildiring. Masalan, «Sizga katta raxmat, qiziqarli suhbatingiz uchun!», «… uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman», «Sizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman», «… uchun tashakkur», «Qiziqarli ma’lumotlar berganingiz uchun raxmat!» va h.k.
6. Siz kadrda kamroq ko’rining. 3 xil holat bo’lishi mumkin — suhbatdoshining bilan birgalikda kameraga qiya turib bir-biringizga qarab turgan holda ko’rinasiz, suhbatdoshingizning o’zi kameraga qarab turgan holda yoki Sizga qarab turgan holda ko’rinadi.
7. Savol qisqaroq bo’lishi kerak. Javob juda uzun bo’lmasligi, savoldan 3 martadan uzunroq bo’lmasligi tavsiya etiladi.
8.  Intervyu xona ichida yoki ko’chada olinishi ham mumkin. Intervyu uchun yaxshi fon tanlang. Fon mavzuga mos bo’lsa yanada yaxshi. Tashqi ko’rinish va kiyinish madaniyatiga rioya qiling.