EL FAQ

Forum FAQ (Frequently Asked Questions)
Форум «Часто задаваемые вопросы»
«Кўп сўраладиган саволлар» форуми

Ҳурматли талабалар!

Ушбу форумда Сиз ўқитувчига ўзингизни ўйлантирган ва тушунишга қийналаётган саволларингизни беришингиз ва ўқитувчидан саволингизга жавоб олишингиз мумкин.  Саволни «Электрон таълим технологиялари» фани маърузалари доирасида, соф илмий-адабий тилда ёзишингиз талаб этилади. Форумдаги иштирокингиз 5  балл билан баҳоланади.

Уважаемые студенты!

На этом форуме Вы можете задавать преподавателю короткие вопросы, которые непонятно и трудно для Вас и получит ответы на них. Вопрос нужно задавать лекциям дисциплины «Технология электронного обучения» чисто научно-литературном стиле. Ваше участие в форуме оценивается по 5 баллной системе.

Dear students!

In this this forum you can ask the teacher short questions that are incomprehensible and difficult for you and will receive answers to them. The question should be asked on lectures of the discipline «E-learning technologies» in a purely scientific and literary style. Your participation in the forum is rated on a 5 point system.

 

EL FAQ: 124 комментария

    1. Firstly, I think that it is necessary to develop skills in the language of the discipline, that is, to learn special terms, short texts, a glossary, etc. Next, it is needed to improve your speaking. It is necessary to study regularly.

    1. This is good question, but it was asked incorrectly. There are a lot of reliable books on the PDF format on the Internet and there is a possibility to choose them. I advise not to read online materials in various sites and forums. I think among the printed publications there are also unreliable books.

  1. Портал-ахборот ресурслари интеграцияси деганда, интеграция су’зи кандай маьнони билдиради?

  2. Salom ustoz, internetdan ma’lumot izlaganimda nega ma’lumot chiqadi-yu, ba’zan ma’lumotni ochish uchun elektron pochta manzilini so’raydi?

    1. Registratsiyadan o’tishingizni so’raydi. Tartib shunaqa hammaga ham ma’lumot beraverishmaydi. Registratsiyadan o’tsangiz mijozga aylanasiz, Sizga ham murojaat qila olishadi.

    1. Excelda interfaol virtual stend qilsa bo’ladi. Gipermurojaatlar va vaqt shkalasi qilsa bo’ladi. Lekin Excelda animatsiya qiladigan instrumentlar mavjud emas.

  3. Biz masofaviy talimga to’liq qachon o’tamiz deb o’ylasiz va qanday samara beradi?(fikrlaringiz qiziqtiradi.Javobingiz uchun6 oldindan Rahman!)

    1. Ushbu muloqotimiz ham masofaviy ta’limning bir ko’rinishi. O’qituvchidan telegram yoki pochta yoki fleshka orqali ma’lumot olish ham mustaqil ta’limning bir turi. Men masofaviy ta’lim elementlarini joriy qilayapman, deb o’ylayman.

      1. Assalomu alaykum! Ustoz. Meni qiziqtirgan savol ham masofaviy ta’lim haqida faqat ozgina boshqacharoq savol edi. Biz aytamiz hozirda chet elda masofaviy ta’lim rivojlangan deb, lekin bir masalada bir muncha o’ylandim. Bizning mamlakatdan bir necha tengdoshlarimiz turizm, biznes, menejment sohalarida chet elda o’qishmoqda. (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan holatda) Savolim agar chet elda masofaviy talim mavjud bo’lsa, nega shuncha ovoragarchiliklar qilib borib o’qishmoqda, shu tengdoshlarimiz ham o’sha oliygohlarda masofaviy ta’limda o’qishsa bo’ladimi?

        1. Menimcha xorijga ketib o’qishning o’z afzalliklari bor — yuqori madaniyat va tamaddun bilan tanishish, pul ishlash, til muhitida bo’lish, o’z imkoniyatlarini sinab ko’rish, erkin raqobat muhitida yashash, obro’ orttirish, tajriba orttirish, tasavvuridagi dunyoni kashf etish va h.k. Masofadan ta’lim olish uchun Sizda yetarli sharoit bo’lmasligi mumkin.

  4. Salom ustoz, Power Point da mustaqil ishni qilayotganimda animatsiya pragrammasidan foydalangandim, har listni taxlayotib saxranit tugmasini bosgandim. Ammo, boshqa kompyuterda uni ochayotganda animatsiya holida emas oddiy holatda bo’lib qolyapti. Bunda nima qilish kerakligini bilmoqchiydim.Rahmat oldindan javob uchun.

  5. Salom ustoz, masalan men pedagog sifatida biror bir fandan forum tashkil qilmoqchiman, forum tashkil qilish uchun dastlab qanday amallarni bajarish kerak.

  6. Salom ustoz, yuqorida Samadova Feruzaning savolidagi javobingizda ,,Excelda gipermurojaat va vaqt shkalasi qilsa bo’ladi» degan edingiz, uni qanday qilish mumkin.

  7. Xayrli kech ustoz! forum tizimidan faqat ta’lim sohasida foydalaniladimi yoki boshqa sohalarda ham bu tizimidan foydalanish mumkinmi?

  8. Salom ustoz, Power Point da mustaqil ish qilayotgandim. Nazariy qismini 1- listga joylashtirganimdan so’ng mavzuga oid rasmni kiritmoqchiman. Buning uchun nima qilishim kerak.

    1. Nazariy qism nima degani, tushunmadim. Uning sizning rasm joylashtirishingizga nima aloqasi bor?
      Agar muammoingiz rasm joylashtirish bo’lsa, rasmni Word dan, yoki Windows tizimidan kopiya qilib Ctrl+V tugmasini bosishingiz mumkin.

  9. Ustoz,savolim shundan iboratki,hozirda masofaviy ta’lim ommabop o’qish tizimi bolib hizmat qilmoqda,nega endi biz,ota bobolarimiz yozgan kitoblardan,qo’l yozmalardan vos kechib,kompyuter texnologiyalaridan foydalanishimiz kerak?Bularning hammasi dangasalikga sabab bo’la olmaydimi?

    1. Тўғри, бир томондан қараганда шундай. Инсоният тошга, қамишга, ёғочга, терига, қоғозга ёзган, бугунги кунда экранга ёзаяпти. Ҳозирги ёшлар ота-боболаримиз ёзган китоблардан воз кечишмаган, улар бу китобларни экран орқали ўқишмоқда. Ахир, битта китоб кўтариб юргандан кўра, бутун кутубхонани ноутбукка, планшетга ёки смартфонга жойлаб ёнида олиб юрган афзалку.
      Дангасалик масаласига келсак, тўғри, ахборотнинг кўпайиб кетаётгани ёшларнинг ўқимай қўяётганига сабаб бўлаётган бўлиши мумкин. Бундан 30-40 йил олдин битта фандан битта дарслик бўларди, биз битта китобни осон ўқиб ўзлаштирардик. Ҳозир эса уларнинг турлари кўпайиб кетди. Лекин, ҳозирги ёшлар керак-керакмас нарсани тез ажратиб олишади. Улар ўзларига керак ахборотни жуда тез олишади, фахми ҳам жуда ўткир.
      Фалсафий мушоҳада учун айтмоқчиман, самолёт, лифт, машина, Интернет деган нарсаларни ялқов ва дангасалар яратишган. Агар улар бўлмаганида ҳозир ҳам ғорларда яшаб юрган бўлармидик?

  10. I really liked your «e-learning» and I will always find answers that are interested in the subject of «e-learning technology.» I had a question, but I hope that this question answers your demand. I wanted to log in on your site and get a certificate from intuit. But I went to your site, then clicked on the menu from here and chose professional education, then I went in the screw, but I did everything step by step and it seems that my personal gmail is needed there I added my gmail. But the tab does not display the correct gmail address. I want to ask what should I do? Please give your advice

  11. Salom ustoz, oxirgi chiqayotgan kompyuterlarda nega diskovat yo’q. Biz CD va DVD disklardagi ma’lumotlarni ko’rishimiz uchun alohida diskovat sotib olishimiz kerak. Bu noqulaylik emasmi?

  12. FLash dasturida qanday qilib yasagan shaklimni o’chirishim mumkin? O’chirish tugmasini bosganimda amalga oshmadi. Iltmos qanday qilib amalga oshirishmni aytsangiz?

    1. Buni Flash dasturining o’zida ko’rsatib berish qulayroq.
      Siz oldin sichqoncha ko’rsatkichi bilan «Arrow» piktogrammasini bosing. Keyin o’chirmoqchi bo’lgan rasmni bosing yoki ajratib oling. Shundan so’ng «Del» tugmasini bossangiz rasm o’chadi.

    1. Savolingiz juda o’rinli. Agar dars yaxshi o’tilgan bo’lsa albatta katta guruhda yaxshi samara beradi, chunki darsdan ko’pchilik bahramand bo’ladi.
      Boshqa jihatdan olib qaraganda katta guruhda (potokda) dars o’tish qiyinroq, chunki teskari muloqot deyarli bo’lmaydi. Buning ustiga sal ehtiyotsizlik qilsangiz katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lasiz. Bunday holda dars akademik ma’ruza shaklida o’tilishi maqsadga muvofiq.
      Kichik guruhga dars o’tganda o’zingizni erkinroq tutasiz, talabalar bilan teskari muloqot ham yaxshi bo’ladi, ya’ni har bir talabani kuzatib turasiz, har biri bilan alohida ishlashingiz mumkin bo’ladi. Kichik guruhda interfaol o’qitish usullari juda yaxshi samara beradi. Lekin, interfaol usullarni katta guruhda qo’llaganda ehtiyot bo’lish kerak, shovqin bo’lib ketadi.

    1. Ko’p fikr bo’lgani yaxshi, lekin o’qituvchi, ularga chalg’ib qolmasdan fikrlarni dars maqsadiga yo’naltirishi kerak. Interfaol o’qitish usullarining barchasida shu taktika qo’llaniladi.

    1. Of course it is better to study at a university. However, the costs will also be high.
      Personally, I prefer distance learning because it is very flexible and cheap.

  13. Assalomu aleykum Ustoz men sizga bermoqchi bo’lgan savolim bugungi kundagi eng muxum va baxs muzokorolarga olib kelyotgan masofaviy ta’lim to’g’risida.Men yaqinda Qozog’istondagi MUXTOR EVEZOV nomidagi Qozog’iston davlat pedogogika Inversitetida bo’lib o’tgan masofaviy ta’lim komperinsiyasiga ishtirok etib keldim ushbu ta’lim muassasi kuchli mingtalikda 425 o’rinda turar ekan bu 2019 yilda O’zbekiston xududidan 3 200 ta talaba qabul qilishgan ekan ular Qozoq pul birligida 200 tenga yani so’mda 5000000 so’m kantirakt shartnomasi asosida o’qishga xech qanday egizaminsiz qabul qilishgan o’quv muddati 4 yil faqat o’quv jarayoni masofaviy ta’limda amalga oshirilar ekan talabalar masofadan turub ta’lim olishar va sessiya xam masofadan turub amalga oshirilar ekan lekin ushbu ta’lim muassasini tugatgach O’zbekiston xududida ularni deplomi o’tmas ekan endi sizga savol bu Oliy o’quv yurtida ta’lim olishdan nima foyda?nega o’zbekiston xududidan shuncha pul chetga chiqib ketyapti ? Shu masofaviy ta’limni o’zimizda tashkil qilishsa bo’lmasmidi oliy ta’lim vazirligi qayoqqa qarashayapti??

    1. Agar diplomi O’zbekistonda tan olinmasa, demak, bu talabalar o’qishni bitirgandan so’ng, chetga chiqib ishlashni yoki keyin nostrifikatsiyalashni rejalashtirishgan. O’zbekiston bu borada hali to’liq imkoniyatga ega emas (https://www.gazeta.uz/ru/2019/08/02/online-education/). O’zbekistonda OTM lar uchun raqobat muhitini yaratish uchun xorijiy davlatlarining OTM filiallari ochilmoqda (https://uznews.uz/ru/article/15905). Demak, ularning diplomi tan olinadi, aks holda talabalar u yerga borishmas edi.
      Bu korrupsiyaga qarshi kurashning ajoyib usullaridan biri hisoblanadi. Hammasini vaqt ko’rsatadi.

    1. Agar turdosh OTM tayanch OTM dan uzoqda joylashgan bo’lsa bu usul o’zini oqlaydi. Ya’ni talaba o’zining oliygohida tayanch oliygoh dasturi bo’yicha o’qiydi.

  14. Assalom aleykum Ustoz masofaviy ta’lim bugungi kunda rivojlanib kelmoqda sizningcha masofaviy ta’lim turini bizni yurtimizda olib borilishi qanchalik o’rinli ? Audiatoriyalada òqitish kòproq samara bermaydimi

  15. Здравствуйте.Прошу извинить за беспокойство в столь позднее время.Я хотела бы вас попросить, не могли бы вы мне кратко и доступно объяснить разницу между тремя видами модели дистационного образования ,т.е. между ПЕРВИЧНОЙ,ВТОРИЧНОЙ И СМЕШАННОЙ МОДЕЛЬЮ.За ранее благодарю вас.

    1. Если кратко, в первичной модели всё через онлайн проводится, во вторичной модели — онлайн курсы ставятся в расписанию, в смешанной модели — в каждом курсе будет присутствовать элементы онлайн обучения (подобно нашей дисциплине).

  16. Assalomu aleykum Ustoz.Savolim shundan iboratki Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot talim muhitiga integrallashishga yònaltirilgan talim tizimi barpo etildi deb hisoblaysizmi?

  17. Assalomu alaykum Ustoz meni sizga bermoqchi bo’lgan savolim shundan iboratki bugungi kunda yurtimizda Oliy ta’limda masofaviy ta’lim sekin asta kirib kelmoqda bundan tashqari olib borilayotgan darslarimiz ham bevosita internet bilan bog’liq olib borilayapti lekin dars jarayonida shuni kuzatish mumkunki talabalarni 100% deb oladigan bo’lsak shundan 30-35% talaba internetdan foydalanib darsga qatnashib kelmoqda qolgan 65-70% talabalarni internet tarmog’idan foydalanishga imkoniyati yetmaydi bunga sabab mobil qurulmalarnig yo’qligi emas balki bizda internet megabaytlarini qimmatligi va internet tarmog’ini bizda yaxshi ishlamasligi sabab bo’lmoqda.Endi sizga bermoqchi bo’lgan savolim bizda masofaviy ta’limni rivojlantirishdan oldin internet tarmoqlarni sifatini yaxshilash va arzonlashtirish masalalari bilan nega xech kim shug’illanmayapti?

  18. Assalomu aleykum Ustoz meni sizga beradigan savolim shundan iboratki bugungi kunda Oliy ta’lim muassasalari ATK bilan 100% taminlangada taqdirda xam oliy ta’lim muassasalaridagi professor o‘qituvchilarimiz ATK dan 100% foydalana olarmikan?siz nima deb o‘ylaysiz? Javobi uchun oldindan rahmat.

  19. Assalomu aleykum Ustoz.Savolim shuki Talimning axborot komunikatsiyasi Talabalarning sifatli òquv materiallari yordamida òqitilishi òqituvchi bilan muloqot qilishi va òz individual òquv rejasini tuzushida imkoniyat yaratadimi?

    1. Bu haqda o’ylab ko’rmagan ekanman. Lekin, bitta hadis menga juda yoqadi.
      «E’tiroz bildirma!
      E’tiroz bildirdingmi, taklif ber!
      Taklif berdingmi, amalga bajarib ko’rsat!
      Amalga bajardingmi, natijasi uchun javob ber!»

  20. Assalomu aleykum ustoz. Yosh o‘qituvchilarga o‘z kasbiy malaka, ko‘nikmangizdan kelib chiqib qanday maslaxatlar bergan bular edingiz? Javob uchun oldindan rahmat.

    1. 1) O’qituvchi eng avvalo ruhiy sog’lom, odob-ahloqli, adolatli, fidoyi va mehribon inson bo’lishi kerak.
      2) O’z fanini boshqalardan ko’ra yaxshi bilishi kerak.
      3) O’z ustida tinimsiz ishlashi kerak.
      4) Faxm-farosatli, zamonaviy inson bo’lishi kerak.
      5) Yaxshi odamlarga yaqin yuring.
      6) Talabaga o’rgatish emas, uning o’rganishini tashkil qilish va ta’minlash kerak.
      7) Darsga qattiq tayyorlaning va o’tgan darsingizni tahlil qiling.

  21. Здравствуйте, мой вопрос заключается в следующем:
    С чем вы связываете снижение исследовательской активности учащегося?

    1. Ныне, экономика растёт быстрыми темпами. Наука не успевает за ним. Поэтому отношение к науке должна перестроится в практическую сторону, всякие формальности нужно минимизировать.
      Студенты же не понимая сущности будут заниматься наукой, и в конце концов их исследовательская активность снижается.

  22. Ассалому алайкум! Биз учун Ўзбекистондаги доменлардан фойдаланиш ишончли. Хориж доменидан фойдаланиш мумкунми? Унинг афзалликлари ва камчиликлари нимадан иборат?

    1. Одатда биз ўз сайтимиздан Ўзбекистон ҳудудида фойдаланамиз. Лекин, агар дунёга чиқмоқчи бўлсак хориж доменидан фойдаланишимиз мумкин. Агар хориж доменида плагинлар (имкониятлар) кўп тақдим этилса Ўзбекистон ҳудудида ҳам ундан фойдаланиш мақсадга мувофиқ (масалан, видеони чоп этиш, катта ҳажмдаги мультимедиали ахборотни жойлаш ва ҳ.к.). Лекин, Сизнинг сайтингизга хавф-хатарлар кўпайиши мумкин.

  23. Здраствуйте.Не могли бы вы мне разъяснить входит ли m-leaning в е-learning?Так как по моему мнению они взамосвязаны друг с другом.

    1. Да, конечно. Мобильное обучение (m-learning) является частью электронного обучения (e-learning).

  24. Каковы преимущества и недостатки создания форумов в информационной системе учебного заведения?

    1. Форумы, также являются одним из видов самостоятельных работ, поэтому расширяют образовательную сферу.
      Однако, для организации полноценного форума нужно всесторонне изучать психологическую учебную обстановку. И чтобы, студенты выражались более грамотно и цензурно.

    1. Домен это .COM, .UZ, .RU, .EDU и т.д. Хостинг это — выделение места для расположения вашего сайта.

  25. Elektron ta’lim texnologiyalari fanini nafaqat oliy o’quv yurtlarida balki avval maktablarda, kasb-hunar kollejlarida targ’ib etish haqida sizning fikringiz qanday?

    1. Elektron ta’lim — zamon talabi. Uni maktablarda va KHK larda fan qilib o’qitish shart emas, deb o’ylayman. chunki, shundoq fanlar juda ko’payib ketgan. Bu fanni hayotning o’zi talab etadi va o’rgatadi.

  26. Assalomu alaykum Ustoz men intirnet tizimidan foydalanish jarayonida ERASMUS dasturiga ko’zim tushdi lekin u qanday dastur ekanligiga tushunmadim iltimos shu dastur haqida uni qanday joylarda qo’llash mumkun va uning afzalliklar haqida ma’lumot bersangiz javob uchun oldindan Rahmat..

    1. Bu savol fanga doir emas.
      ERASMUS foni ta’lim tizimini takomillashtirish uchun joriy etilgan. Uning yordamida Siz xorijga o’qishga borib kelishingiz mumkin. Har xil grandlar joriy etiladi.

  27. Assalomu aleykum Ustoz Multimedia informatika fanining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio video matnlarni talabalarga qanchalik yetkazib beradi deb hisoblaysiz?

    1. Nega Informatika fani. Sizning savolingiz «Elektron ta’lim texnologiyalari» fani bo’yicha bo’lishi lozim edi.
      Multimedia — hozirgi kunda ta’lim jarayonidagi eng samarali texnologiyalardan biri hisoblanadi.

  28. На сегодняшний день какие современные методы обучения наиболее востребованны

  29. в изучении предмета технологии электронного обучения какие требуется у студента soft (мягкие)и hard(твердые) skills (навыки) ?

    1. Hard skills — знание контента, овладение методами презентации.
      Soft skills — мотивация к предмету, управление своими эмоциями, позитивное отношение.

  30. Assalom aleykum Ustoz multimedia vositalaridan foydalanishda ayrim muammolar mavjud siz bu muammolar tòģrisida qisqacha ma’lumot bersangiz va bu muammolarni bartaraf etish uchun qanday yòl tutgan bòlardiz?

  31. Assalom aleykum Ustoz Multimedia vositalridan foydalinshda ayrim muammolar deganimda audiatoryalarni kerakli jihozlar bilan yetishmasligini nazarda tutgan edim siz bu muammoni bartaraf etish uchun qanday chora kòrgan bòlardiz

  32. Какие образовательные задачи может решить система мобильного обучения, используя возможности мобильных устройств обучающихся?

    1. С помощью Mlearning можно осуществлять подачу учебного материала, организацию виртуальных лабораторных работ, формированию практических навыков посредством виртуальных тренажёров, коммуникацию в учебной среде, выполнению частных задач курсовых и дипломных работ. Т.е. все учебные деятельности Elearning.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *