KTFA1-FAQ

Forum FAQ (Frequently Asked Questions) —
«Кўп сўраладиган саволлар» форуми

Ҳурматли талабалар!

Ушбу форумда Сиз ўқитувчига ўзингизни ўйлантирган ва тушунмаган нарсаларингиз бўйича қисқа савол билан мурожаат қилишингиз мумкин.  Саволни «Электрон таълим технологияси» фани доирасида, соф илмий-адабий тилда ёзишингиз талаб этилади.

Форумдаги иштирокингиз 5 балл билан баҳоланади.

Имкониятдан фойдаланиб юқори балларни тўпланг!

 

KTFA1-FAQ: 89 комментариев

  1. D.M. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalini yod olishda qanday assotsatsiyali fikrlash usulidan foylanish mumkin? Buning uchun turli mashqlar to’plami mavjudmi?

  2. D.M.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi elementlarning nomlanishi talabalar xotirasida mustahkam saqlanib qolishi uchun qanday usullardan foydalanish kerak?

    1. Mavjud metodikalarga quyidagilarni qo’shimcha tarzda tavsiya qilaman:
      1) Oldin nomiga ko’ra simvolini aytib berish, keyin esa simvoliga ko’ra nomini aytib berishi lozim.
      2) Qatorda elementlarni to’g’ri va teskari ketma-ketlikda yod olishi va aytib berish kerak.
      3) Raqamiga ko’ra simvolni, keyin esa simvoliga ko’ra raqamini aytib berishni mashq qilishi kerak.

  3. Mutaxassislik fanlarini o’qitishda talabalarda kasbga bo’lgan layoqatini orttirish uchun bilishning qaysi jarayonlaridan foydalanish mumkin?

  4. D.I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 75ta kimyoviy elementni òz tarkibida saqlaydigan suyuqlik nomini uzoq muddatli xotirada saqlab qolish uchun qanday usullarni qo’llash kerak?

  5. Kasb-hunasr kollejlarida texnologik fanlardan darslarda antitsipatsiyaga retsipatsiyani ham yordam sifatida qo’llashi o’rinlimi?

    1. Ular ikkalovi bir butun narsa. Antisipatsiya oldinni ko’rish bo’lsa, resipatsiya yangi fikr paydo bo’lishi bilan yangi nazar bilan qarash hisoblanadi. Ularni birgalikda qo’llash yaxshi samara beradi.

  6. Talabalar “Excel” dasturini tez va oson o’zlashtirishlari uchun matritsali fikrlash usulidan foydalanish o’z samarasini beradimi?

    1. Matritsali fikrlash usuli xotirada saqlash uchun qo’llaniladi. Lekin, materialni o’zlashtirishda ko’proq qiziqish va orttirilgan bilim-ko’nikmalar ko’proq samara beradi.

  7. O’quvchilarga bilim berish jarayonida ularni avtomatizm darajasiga yetkazishda qanday muammolar yuzaga keladi va ularni hal etish uchun qanday yechimlarni taklif etasiz?

    1. O’quvchilarning avtomatlashtirilgan ko’nikmalarini shakllantirishda quyidagi muammolar mavjud:
      1) o’quvchida aniq maqsadning, qiziqishning yo’qligi, majburiy tarzda o’qiyotganligi;
      2) muntazam mashq qilmasligi, vaqtini to’g’ri rejalashtirmasligi, haftaning har bir soatini muayyan faoliyat turiga ajratib qo’yish kerak;
      3) fan materiallarining instrumental xarakterda emas, balki nazariy va referativ xarakterda ekanligi, fan bo’yicha bilish, reproduktiv, samarali va ijodiy fikrlash darajalariga mos amaliy mashg’ulot mashqlari bo’lishi zarur, ularni aniqlash uchun mos nazorat materiallari tuzib qo’yilishi zarur.
      O’quvchilarda avtomatlashtirilgan ko’nikmalarni hosil qilish uchun ko’proq reproduktiv fikrlashni oshiradigan mashqlarni qo’llash kerak.

  8. Salom, savolim shundan iboratki, nega o‘zbekcha saytlarda o’zbek tilida o’quvchilar uchun fanlar bo‘yicha mavzularga oid mazmunli materiallar juda kam? Bunday holat muammoli vaziyatlar vujudga keltirishi tabiiy, bunda konflektiv yondoshishni qanday baholash mumkin?

  9. Salom! Meni savolim quyidagicha,
    Boshqalarni o‘qitish orqali o‘rganish usulidagi natijalar o’qish davomidagi bilimlarga nisbatan samarali bo’ladimi? (vaqt, o’quvchilar bilimi, va rivojlanish samaralari qanday bo’ladi?)

  10. Ассалому алайкум устоз сизга куйидаги савол билан мурожаат килмокчиман отм ва ишлаб чикариш корхоналари уртасида диверсификация ва интеграллашув жараенларига тускинлик килувчи омиллар нималардан иборат деб хисоблайсиз?

  11. Ушбу форумда фанга оид савол билан мурожаат қилганингиз маъқул эди. Майли саволингизга жавоб бераман. Албатта хорижда ОТМ лар ўз автономияларига эга. Шу сабабли уларнинг рейтинги хар хил ва ишга қабул қилганда қайси ОТМ ни битирганига қараб қабул қилинади.
    Бунга қарама-қарши тарзда, бизда барча ОТМ лар бир хил стандарт ва ўқув режа асосида ўқитишгани учун давлат олдида бир хил мавқега эга. Бизда ҳам ҳар бир ОТМ ўз ўқув режаларини ўзлари ишлаб чиқиши масаласига салбий қарайман, биз ҳали бунга тайёр эмасмиз.

  12. Axborotni oqish tezligini oshirsa axborot olish tezligi 4-5 marta ortadi . Lekin axborot ozlashtirish va uni esda tutish darajasi pasayib ketmaydimi?

    1. Olimlarning izlanishlari va tez o’qish usuli ustida olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, agar inson tez o’qisa yaxshiroq tushunarkan. Makarenkoning ta’rifi bilan aytganda (u buni teskarisi ifoda bilan isbotlagan) inson faqat tez o’qigan vaqtdagina yaxshi tushunadi.

    1. Savolingiz juda o’rinli. Albatta, agar tanqidiy ko’z bilan qarasangiz, Siz hurmat qilayotgan shaxsning, g’oyaning ahamiyati yo’qoladi. Biroq, o’zingiz ham savoldagi «tanqid bilan o’qish kerak» degan g’oyaga tanqidiy nuqtai-nazardan qarayapsiz. Bu foydali. Chunki hayotda bu zarur, axir Siz o’zingiz hurmat qiladigan insonning hamma xatti-harakatlarini ham ma’qullayvermaysizku? Oddiy qilib aytganda insonning ichida sergaklikka chorlovchi nigoh bo’lishi va u ba’zida o’zini ko’rsatib turishi foydadan holi emas.

    1. Bu fandagi ilmiy qarashlardan biri. Amalda men ham musiqa ritmi ostida kitobni o’qib yaxshiroq tushunaman, degan qarashga qarshiman, chunki o’zimda shuning teskarisini his qilaman. Shu sababli, buni qanday amalga oshirish haqida biror amaliy maslahat berolmayman.
      Lekin, kitoblarda, ilmiy izlanish xulosalarida muayyan ritm insonning xatti-harakatlarini tartibga solishi, diqqatni jamlashi uqtiriladi. Nazariy jihatdan juda zo’r g’oya, inson psixologiyasining hali ochilmagan imkoniyatlardan biri. Bu faqat kitob o’qishga emas, umuman har qanday axborotni qabul qilishga tegishli.
      Bu 20 yil oldingi g’oya, lekin buning to’g’riligini hayot ko’rsatadi. Masalan, hozirgi yoshlarning o’ta sezgirligi, fikrlarining teranligi, hozirjavobligi, tanqidiy va mustaqil fikrning mavjudligiga ularning ma’lum musiqa ritmi ostida ko’p bo’lishi o’zining hissasini qo’shayotgan bo’lishi mumkin. Men Motsart haqidagi filmda uning ritm ostida nota yozayotgan kadrni ko’rib, rejissyorning shu kichik detalga ham ahamiyat berganiga tan berganman.

  13. Inson xotirasi turlari 3 xil turda ifodalanishi mumkinligi toʻgʻrisida fikr yuritiladi, aytingchi bu insonning shaxsiy xususiyatlariga ham bogʻliqmi va u nimalari bilan ajralib turadi? Aynan qaysi jihatlari bilan ajratib olish mumkin?

    1. Insonning shaxsiy qiziqishiga qarab operativ, qisqa muddatli va doimiy xotiralar turli xil samara bilan ishlaydi. Shuningdek, insonning ko’ngli xotirjam, qorni to’q va to’yib uxlagan bo’lsa xotira maksimal darajada faol ishlaydi.

    1. Fikrlashni obrazli va mantiqiy turlarga ajratish mumkin. Obrazli fikrlashda inson narsalarning tashqi elementlariga qarab fikrlasa, mantiqiy fikrlashda ichki elementlarni o’zaro bog’laydi. Obrazli fikrlashda ko’proq ko’rish, eshitish, tana sezishi, ta’m bilish, hid bilish, shuningdek kayfiyat va motor sezgilari asosiy rol o’ynasa, mantiqiy fikrlashda insonning ongi, bilim darajasi, diqqati, qiziqishlari, axborotni o’zlashtirish samarasi, analiz-sintez qilish qobiliyatlari, xotirasining faolligi ko’proq ahamiyatga ega. Turli xil axborotlari o’zlashtirishda mantiqiy fikrlashning matritsali usul, assotsatsiyalar usuli, 2-darajali tasvirlash usuli kabi turlaridan foydalaniladi.

  14. Axborotni (matnni) tez o’zlashtirish usullarini qo’llash (regressiyasiz, artikulyatsiyasiz va ko’rish maydonini kengaytirib o’qish) zarur. Shuningdek, integral va differensial fikrlash usullarini samarali qo’llash lozim.

    1. Regressiya — bu diqqatsizlik, ishonchsizlik natijasida ortga qaytib o’qish. Artikulyatsiya — bu ovoz chiqarmasdan o’qiganda ham ko’z bilan emas «til» bilan, xuddi pichirlab o’qigandek tezlikda o’qish. Bu nuqsonlar Sizda balki mavjud emasdir. O’zingiz uchun qiziqarli matnni o’qiganda buni bilib olasiz. Charchab turgan holda regressiya qisman bo’ladi, shovqinli, notinch sharoitda o’qish ham artikulyatsiya bilan o’qishga odamni majbur qilishi mumkin. Lekin, odatdagi sharoitda bu nuqsonlarni sezmasangiz, ishoningki ular Sizda mavjud emas.

    1. Biz «reproduktiv fikrlash», «ijodiy fikrlash» deb o’rganganmiz. «Reproduktiv» so’zining ma’nosi qolipli, andozali degan ma’noni anglatadi. Ya’ni berilgan andoza, qolip asosida fikrlash tushuniladi. Ijodiy fikrlashda qolip, chegara bo’lmaydi. Umumiy jihati esa ikkala fikrlash turi ham bir-birining ichida bo’lishi, bir-birini o’z ichiga olishi mumkin. Xotira turlari — operativ, qisqa muddatli va doimiy xotira turlari mavjud.

    1. Konkret fikrlashda sezgilar ishtirok etadi, assotsatsiyali fikrlashda boshqa narsaga bog’lab fikrlash tushuniladi. Ma’ruza matnida aniq ma’lumotlar keltirilgan.

    1. Bu Sizning qanday yondashishingizga bog’liq. Masalan, mustaqil fikrlash darajasini reproduktiv darajaga chiqarmoqchi bo’lsam mantiqiy fikrlashning matritsa usulini afzal deb bilaman. Agar ijodiy darajaga chiqarmoqchi bo’lsam Camtasia Studio dasturida ikkinchi darajali fikrlash usulini qo’llagan holda turli effektlar yaratishni taklif qilaman.

    1. Bu muammoli savol emas. Hatto o’ta umumiy savol hisoblanadi. Bu savolga javobni pedagogik adabiyotlardan olishingiz mumkin. Bizning fanimiz miqyosida esa fikrlash usullarini, turli axborot elementlarini, axborotni o’zlashtirish usullarini joriy qilish orqali erishish mumkin.

  15. Assalomu alaykum ustoz sizga bir savolim bor. Hozirgi kunda yoshlarning axborot resurs markazlariga vaqt ajratmasligiga sabab qo’l telefoniga ruju qo’yganligimi yoki qiziqmasligimi nima deb o’ylaysiz? javob uchun oldindan rahmat

    1. Siz ARM ga vaqt ajratish deganda, talabaning ARM xonasiga borib, ro’yxatga yozilib, kompyuterda o’tirib ishlashini nazarda tutayotgan bo’lsangiz kerak. Fikrimcha, bularga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
      — ARM dagi fan bo’yicha ma’lumotlarni o’qituvchi darsda talabalarga oldindan elektron shaklda taqdim qiladi. Bu ma’lumotlar talabaning telefonida bor.
      — Talabalaga ARM dagi axborotlar qiziq emas, Internetdan undanda ko’proq ma’lumot ola oladi.
      — Imtixon savollari ma’ruza matni materiallari doirasida tashkil qilinadi, dunyoda ilmidagi yangiliklar esa so’ralmaydi.
      — ARM ning o’zi davr talabiga javob bermaydi, u onlayn tarzda ham ochiq bo’lishi kerak. Shunda talabalar ko’proq tashrif buyurishgan bo’lardi.

    1. 11 хил шаклдаги тестлардан фойдаланилади. Тестларнинг ҳаммаси интерфаол, яъни компьютерда бажарилади. Ҳозирча эътирозлар йўқ, ҳаммага маъқул бўлаяпти. Бундай тестларни тузган ўқитувчи фанини яхши билади.

    1. Бундай саволнинг туғилиши табиий.
      Бу халқаро тан олинган норма. Булар Nesta ташкилоти томонидан ҳар томонлама ўйлаб, қабул қилинган шакллар ҳисобланади. Худди интерфаол таълим усуллари, график органайзерлар каби (масалан: инсерт, синквейн, ақлий ҳужум, бумеранг, Венн-диаграммаси, SWOT-таҳлил).

  16. Assalomu alaykum. Kimyoviy texnologik fikrlash asoslari fanida biz nimalarga urg’u berib o’rganishimiz lozim va nimalarni ko’zdan qochirmaslik bizga bu fanni to’liqroq o’rganishimizga yordam beradi?

  17. Assalomu alaykum ustoz inavatsion fikrlash bizga nima uchun kerak va biz u fikrlashda nimalarga erishishimiz mumkin? Javobingiz uchun oldindan raxmat!

  18. Assalom alekum. Savolim. Mantiqiy fikrlash usullaridan eng samarali fikrlash usuli qaysi biri ta’lim jarayonida nutqga juda katta ta’sir ko’rsatadi?

  19. Good evening! Thank you for reply in advance. What is the difference between a particular way of thinking and a way of entering the text?

  20. Salom ustoz, matritsali fikrlash usul yaxshi samara beradigan usullardan biri hisoblanadi. Ammo uning qandaydir kamchligi ham bormi?

  21. По теме «Формы инновационного мышления», что означает Инновационная спираль?

    1. Это просто внешний вид, а сам смысл инновационного мышления можно представить в различной форме.

  22. Olgan ma’lumotlarimga ishonch hosil qilish uchun, yaxhsi tushunib olishim uchun ortga qaytib o’qish regressiya hisoblanadimi, ya’ni bu noto’g’rimi?

  23. Assalomualeykum.
    Obrazli fikrlashda kimyoviy texnologiyalar, matinlar va fikrlashni rivojlantirish uchun axborotni qabul qilishda qanday obrazli guruhlash usullari mavjud?

  24. Assalomu alaykum! Savolim shundan iborat. Inson bosh miyasida o’zbek so’zlar paydo bo’lmasa ham fikrlay oladimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat!

    1. Inson til bo’yicha fikrlaydi, degan fikrga qo’shilaman. Ya’ni ruscha, o’zbekcha, inglizcha fikrlash mavjud narsa. Til boyligi, madaniyati insonning fikrlashiga ham ta’sir ko’rsatadi. Hususan, Alisher Navoiy turkiy tilning nihoyatda boy ekanligini ko’rsatib berganlar. Menimcha rus tilida texnika sohasida, ingliz tilida savdo-sotiq sohasida, o’zbek tilida nasihat, sabr-bardoshlik haqida fikrlash juda samarali deb o’ylayman.

    1. Axborot qancha ko’p sezgilar, motor hislar va emotsiyalar ishtirok etsa u shunchalik yaxshi qabul qilinadi. Axborot avvalgi axborotlar bilan qanchalik bog’liq bo’lsa u shunchalik yaxshi tushuniladi. Kuchli motivga ega, emotsiyalar bilan bog’langan va tez-tez takrorlanadigan axborot esda yaxshi saqlanadi.

  25. В чем заключается метод матричного запоминания?И в чем его отличие от других методов для логического мышления?

    1. В матричном запоминании нужно правильно подбирать матрицу. Матрицей может служить обстановка окружающая Вас — траектория Вашего движения в транспорте, Ваша комната, книжный шкаф и т.п.
      В химико-технологическом мышлении таблица Менделеева является очень хорошей матрицей.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *